30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 20:45
Jamiyat 👁 232

ISTEʼMOLChILAR SUYuLTIRILGAN GAZ BILAN UZLUKSIZ TAʼMINLANIShI UChUN BARChA QULAYLIKLAR YaRATILGAN

ISTEʼMOLChILAR SUYuLTIRILGAN GAZ BILAN UZLUKSIZ TAʼMINLANIShI UChUN BARChA QULAYLIKLAR YaRATILGAN

Aholining turmush farovonligini oshirish, ularga kundalik hayotlarida zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz ijtimoiy siyosatida hamisha ustuvor vazifa hisoblanadi. Ayniqsa, maishiy xizmatlar koʻrsatish saviyasini yanada yaxshilashga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli tumanlar markazlaridan olisda yashaydigan yurtdoshlarimiz turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlar aholiga manzur boʻlmoqda. Bu borada aholi xonadonlarini oʻz vaqtida va uzluksiz suyultirilgan gaz bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar eʼtiborga munosib.

Amudaryo tumanining barcha hududlari boʻyicha jami 24476 ta aholi xonadoni suyultirilgan gaz bilan bir maromda, uzluksiz taʼminlanishi uchun tumanning olis, eng chekka qishloqlarida “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimining xizmat koʻrsatish servis markazlari va boʻlim filiallari faoliyat olib bormoqda.

Xizmat koʻrsatish saviyasini zamon talablari darajasiga koʻtarish, aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida jami 24476 ta xonadonlarning barchasiga ID kartalari tarqatildi. Shuningdek, “Amudaryotumangaz” filiali gaz taʼminoti boʻlimi tasarrufidagi 28402 dona gaz ballonlari aholi foydalanishi uchun ijaraga berildi. Aholi hisobidagi 2540 ta gaz ballonlari toʻliq texnik nazoratdan oʻtkazilib, yorliqlar yopishtirildi va 2021-yilning 1-iyun sanasidan boshlab aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish toʻliq ID kartalari orqali amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda “Amudaryotumangaz” filiali gaz taʼminoti boʻlimining 8 ta shoxobchasi mavjud boʻlib, shundan Xolimbeg servis Markazi tomonidan 5123 ta xonadonga, Kuyuk koʻpir OFY shoxobchasi 5366, Qipchoq OFY shoxobchasi 2279, filial markaziy omborxonasi tomonidan 4823, Oq oltin OFY shoxobchasi 2356 ta xonadonga, Qangli OFY shoxobchasi 1387, Boʻzyop OFY shoxobchasi 1489 ta, Doʻrman OFY shoxobchasi tomonidan 1653 ta xonadonga namunali servis xizmati koʻrsatib kelinmoqda.

Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash sifatini yaxshilash maqsadida tumanda 2014-yilda Amudaryo GTPsi qurilib, ishga tushirildi. Bu esa aholining suyultirilgan gazga boʻlgan talabini toʻliq qondirish imkonini bermoqda.

Tumanda hududlardagi shoxobchalarga uzoq boʻlgan xonadonlar ham koʻpchilikni tashkil etadi va aynan ana shunday xonadonlar soni 8169 ta boʻlib, ularning koʻpchiligi Qilichboy mavzesiga toʻgʻri keladi. Xususan, Toshqalʼa mahallasi hududida 640 ta, Yuqori qishloq MFYda 491, Beshovul mahallasida 684, Xizr eli mahallasida 801 ta, Qoramon MFYda 874 ta xonadon hududiy servis xizmat koʻrsatish shoxobchalaridan ancha olisda joylashgani uchun isteʼmolchilarga gaz ballonlari maxsus avtomashinalarda yetkazib berilmoqda. Shuningdek, Choykoʻl, Toʻlqin, Bobur nomli OFY, Jumurtov ShFY, Nazarxon OFYlari va Toryop, Bosuv, Bogʻ, Arnaboʻyi mahallalaridagi isteʼmolchilarga ham maxsus avtomashinalar yordamida gaz ballonlari muntazam ravishda yetkazib berilmoqda.

Amudaryo tumani hududidagi 38 ta MTTlari ham suyultirilgan gaz bilan muntazam taʼminlanib kelinmoqda va xizmat koʻrsatishning bu yoʻnalishi boʻyicha aholidan va ulgurji-isteʼmolchilar tomonidan boʻlimga shikoyat va murojaatlar kelib tushmaganidan shuni anglash mumkinki, aholini va ulgurji isteʼmolchilarni suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash sifati tobora yaxshilanib bormoqda.

Shuni alohida qayd etish kerakki, joriy yilning 1-iyul holatiga “Amudaryotumangaz” filiali gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan isteʼmolchilarga 1940,7 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Shu bilan birga filial tomonidan ijraga berilgan 28402 ta, aholining oʻz hisobidagi 2540 ta gaz ballonlari oʻz vaqtida texnik nazoratdan oʻtkazilib, yorliqlari yangilandi. Bu esa isteʼmolchilar uchun hech qanday toʻsiqlarsiz gaz ballonlarini suyultirilgan gaz bilan toʻldirishda qulaylik yaratib, gaz taʼminoti boʻlimi ishchilarining oʻz ishlarini sifatli, tezkor amalga oshirish imkoniyatini bermoqda.

Jasur YeRMETOV, “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026