EL RIZQI – DEHQON MEHNATIDAN
Xalqimiz rizqi mölligi, dasturxonimiz tökinligi va el-yurt farovonligi eng avvalo, zahmatkaş dehqonlarimiz mehnatidan. Şu boisdan keyingi yillarda ekin maydonlarining unumdorligini oşirişga, sara uruğlardan möl hosil olişga, dehqonçilikka ilğor texnologiyalarni joriy etişga alohida eʼtibor qaratilayotir. Bu boradagi dunyoning ilğor davlatlari bilan özaro hamkorlik mustahkamlanayapti.
Xalqimizda dehqonçilik azaldan uluğlanib kelingan, möʼtabar kasb sifatida qaralgan.
Amudaryo tumanining Xitoy ovulida ham dehqonçilik tufayli oilasini obod, turmuşini farovon etibgina qolmay, yurtdoşlarimiz dasturxoniga turli noz-neʼmatlarni, taʼmi totli mevalarni tortiq qilayotganlar köp.
Ozod aka Berdiboyev ovuldagi 2-sonli maktabda qirq yil öquvçilarga jismoniy tarbiya fanidan taʼlim-tarbiya berdi. U yoşlarning ham maʼnan, ham jismonan soğlom bölib kamol topişlari uçun öz hissasini qöşgan elda eʼzozli inson.
Tajribali murabbiy nafaqaga çiqqandan keyin “dam olaman, böldi endi, işlamayman” deb bekor ötirmadi. Hovlisi atrofidagi 16 sotix tomorqa yerida erta bahordan to keç kuzgaça tinimsiz mehnat qilib, oilasi ehtiyoji uçun zarur böladigan sabzavot, poliz ekinlarini özi yetiştirdi, rözğoridan ortganini bozorga olib çiqib sotib, möl daromad topa boşladi.
Uning tomorqasida kartoşka, piyoz, pomidor, bodring, karamdan tortib sarimsoq piyozgaça ekiladi. Hozirgi paytda pomidor, bodring, bulğor qalampiri, örta sabzi, örta karamlari juda xaridorgir bölayotir. Boğidagi 20 tup olmalar mevasining köpligidan şoxlarini egib turibdi. Bundan taşqari boğda 50 tup olça, 5 tup gilos, 20 tup örik, olxöri, nok, şaftoli daraxtlari bor. Tomorqaçi mevali daraxtlardan ham har yili yaxşi daromad köradi. Hovlisi atrofini örab turgan uzumzor körgan kişining havasini keltiradi. Uzumning ham bir neçta navlarini ekib, sohaga doir ilmiy adabiyotlarni öqib, elda tanilgan boğbonlar bilan hamsuhbat bölib, bu borada yaxşigina tajriba töplagan sobiq muallimdan bugungi kunda boğbonlik sirlarini örganayotganlar ham, uning mevali daraxtlarni payvandlaş usullariga qiziqayotganlar ham köp.
Xalqimizda “er yigitga qirq hunar oz” degan ibora bor. Buning maʼnosi juda teran ekanligini köpinça öylamaymiz ham. Lekin hayotda şunday odamlar borki, ularning intilişlari, qiziqişlari va şu tufayli erişayotgan yutuqlari barçaga ibrat bölgulik. Buni qahramonimiz faoliyatida ham körişimiz mumkin. Gap şundaki, u öz hovlisi atrofida asalariçilikni ham yölga qöydi. Dastlab ikki-uçta asalari oilasi parvariş qilingan xonadonda hozirgi kunda 14 ta oila boqilayapti. Natijada dehqonçilikdan keladigan daromadga yana bir qöşimça manba yaratildi.
Ozod aka Berdiboyev çorvaçilik , parrandaçilik yönalişlari bilan ham şuğullanib keladi. Ahli ayoli , farzandlari , nevaralari bilan birgalikda ikkita soğin sigir, ikkita zotdor buqalarni, ellikdan ziyod parrandalarni parvariş qilayapti.
Qahramonimiz turmuş örtoği bilan ikki öğil, ikki qizni halol mehnatlari bilan voyaga yetkazişdi, hammasini uyli-joyli qilişdi. Ular ham Ozod akadek asosiy işidan söng tomorqaçilik bilan şuğullanadi.
U kişi bilan muloqotimiz davomida qöl telefoni tez-tez jiringlab, suhbatimizni bölib turdi. Kimdir köçat söraydi, yana kimdir maslahat sörab qönğiroq qiladi.
– Barçasiga qölimdan kelganiça yordam qilaman, – deydi qahramonimiz.
El rizqi dehqon mehnatidan yaraladi. Ozod aka Berdiboyev va oila aʼzolari yurtdoşlarimiz dasturxoni tökin bölişiga hissa qöşayotganidan mamnun.
Biz ularga mehnatlaringizning barakasini bersin, deb qolamiz.
Sevara ISMOILOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶