Ogohlik – davr talabi! Nega?
Yosh avlodni maʼnaviyatimizga yot zararli gʻoyalar taʼsiridan himoya qilishga eʼtibor tobora kuchayayotgani bejiz emas. Ommaviy kommunikatsiya texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanib, internet tarmoqlaridan foydalanuvchilar soni koʻpayayotgani, ular orasida yoshlarning koʻp ekanligi har birimizni ogoh va xushyor boʻlishga undaydi. Chunki ijtimoiy tarmoqlar buzgʻunchi gʻoyalarni targʻib etish orqali jamiyatdagi tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga intilayotgan gʻarazli kuchlar aynan hali ongi, hayotiy qarashlari toʻla shakllanib ulgurmagan oʻsmir-yoshlarni oʻz taʼsiriga olishga urinadilar.
Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashmoq, yoshlarni barkamol insonlar qilib voyaga yetkazmoq bugungi kunda ota-onalarninggina emas, butun jamiyatning vazifasidir.
Yaqinda tumanimizning Turkmaniston davlati bilan chegara hududida joylashgan Choykoʻl ovulida Davlat xavfsizlik xizmati tumandagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan birgalikda “Ogohlik – davr talabi” nomli profilaktik tadbir oʻtkazdi.
Tadbirda ovul fuqarolar yigʻini masʼullari, faollari, Davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirok etdilar. Unda kun tartibidagi mavzu yuzasidan maʼruzalar qilindi va ota-onalar bilan oʻzaro fikr almashildi. Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi xodimi D.Noʻʼmonov, Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini raisi Begzod Aytekovlar ota-onalarni, keng jamoatchilikni yoshlar kamoli yoʻlida yaqin hamkorlikda ish olib borishga chaqirdilar. Chunki ogohlik – davr talabi.
Sherzod Atayev, DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli Mangʻitdagi harbiy qism xizmatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶