30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 16:08
Jamiyat 👁 2,466

FARZAND KAMOLI — OTA-ONANING BAXTI

FARZAND KAMOLI — OTA-ONANING BAXTI

Tarbiya eng avvalo oiladan boshlanadi. Agar oilalardagi maʼnaviy muhit sogʻlom boʻlsa, farzandlar ham kelajakda sogʻlom fikrlay oladigan, jamiyatimizga kerakli komil insonlar boʻlib voyaga yetishadi. Oila muhiti nosogʻlom boʻlsa, bunday oilalarda tarbiyalanayotgan farzandlar ham jamiyatimizga hech qanday foydasi tegmaydigan, hatto ota-onalarining ham aytganini qilmaydigan tarbiyasiz insonlar boʻlib qoladilar. Demak, biz farzand tarbiyasi uchun har lahzada masʼul ekanligimizni unutmasligimiz kerak.

Lekin maktablarda oʻtkazilayotgan ota-onalar yigʻilishiga vaqt topib bormay qolayotgan ota-onalar ham borki, ular oʻzlari bilmagan holda farzandlari tarbiyasidan uzoqlashib ketayotganlarini sezmaydilar. Vaholanki, bizning mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasiga juda katta eʼtibor qaratilgan. Bepul umumiy oʻrta maxsus taʼlim olish va balogʻat yoshiga yetgan kollej va litsey bitiruvchilarining oʻz biznesini tashkil etishlari uchun zarur huquqiy asoslar yaratilgan. Ayniqsa, yoshlarning biror tadbirkorlik turi bilan shugʻullanishlari uchun davlatimiz tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilayotgani yanada quvonarli.

2014-yilning oktyabr oyida mahallamizda yashovchi yoshlardan bir guruhi turli xil tadbirkorlik subʼektlariga ishga joylashishdi. Xususan, Zamira Jumatova, Sevara Sobirova, Gulnora Qurbonboyevalar ishli boʻlganlaridan xursand. Mahallamizda maslahat markazi tashkil qilingan boʻlib, har shanba kuni soat 9 dan 12 gacha ishlaydi. Maslahat markazi aʼzosi, bandlikka koʻmaklashish markazi noziri Q.Saidova kelib fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob beradi. Har oy boshida qayerda boʻsh ish oʻrni borligi toʻgʻrisida maʼlumotlar berib borilayotgani bois, mahallamiz yoshlarining bandligi kun sayin oshib bormoqda.

Afsuski, baʼzi ota-onalar pul topish maqsadida chet ellarga ishlash uchun ketib, farzandlarini qarovsiz qoldirishadi. Kelganidan keyin betartib oʻsayotgan farzandlarini koʻrib qiyin ahvolda qolgan va oilasidan judo boʻlgan ayollar ham borligi sir emas.

Xalqimizda bir maqol bor: "Nimani eksang, shuni oʻrasan”. Yosh niholni albatta yaxshilab parvarishlash kerak. Farzand ham nihol. U parvarishga muhtoj. Oʻz vaqtida nazorat qilmasak, mehr bermasak, nihol yo nimjon boʻlib qoladi yo rivojlanishdan toʻxtaydi.

Demak, ota-ona majburiyatlari ichida eng muhimi burch masʼuliyatidir. Ana shu ota-onalik burchini har lahzada his etib yashashimiz, farzandlarimizning jamiyatda oʻz oʻrnini topishlarida sabr va bardosh ila ularni tarbiya qilmogʻimiz kerak.

Mahallamizda farzandlarini oʻqitib, yaxshi tarbiya berib, voyaga yetkazayotgan ota-onalar juda koʻp. J.Erimbetov, B.Xalillayeva, R.Abdullayeva, B.Ibragimov, B.Jumamurodov, T.Raxmatullayev, O.Madaminov, A.Olloyorov, G.Otajonovalarning oilalarida tarbiya topib, el-yurtga qoʻshilayotgan farzandlarning barchasi havasga, eʼtiborga munosib. Chunki bu oilalarda ulgʻaygan farzandlar oʻz ilmi, aql-zakovati va insoniy fazilatlari bilan bolaligidanoq mahalladoshlari hurmatiga sazovor boʻlib ulgurishgan. Shu barobarida ular el-yurt xizmatiga hamisha kamarbasta, fidoyi va mehnatkash, kamtarin yoshlardir. Jamiyatimiz esa ana shunday yoshlar bilan obod va farovon boʻlib boraveradi.

Gulbahor OʻROZOQOVA,

"Chordara” MFY

diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya

masalalari boʻyicha maslahatchisi.

(Foto - http://xs.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026