30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 13:30
Jamiyat 👁 217

EKOLOGIK HOLATNI YaXShILASh – DOLZARB MASALA

EKOLOGIK HOLATNI YaXShILASh – DOLZARB MASALA

Davlat barqaror rivojlanish printsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Konstitutsiyaning 49-moddasidan.

Hozirgi davrda jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan global muammolardan biri – ekologiya muammosidir. Statistik maʼlumotlarga koʻra, har yili dunyoda 7 mln. kishi havo iflosligi taʼsiridan vafot etmoqda, unumdor yerlar choʻllarga aylanmoqda.

Ekologiya muammosi butun dunyo mamlakatlari aholisini tashvishga solayotgan bir davrda bizning yurtimiz ham bundan mustasno emas. Biroq davlatimizning fuqarolar farovon va yuqori qadr-qimmatga ega hayotiy muhitda yashashiga erishish borasida izchil chora-tadbirlar olib borayotganligi quvonarli holdir. Bu Asosiy Qonunimiz – Konstitutsiyamizning 49-moddasida ham oʻz ifodasini topgan. Ushbu moddada “Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati toʻgʻrisidagi ishonchli axborotga ega boʻlish huquqiga ega” deb belgilangan. Shuningdek, davlat barqaror rivojlanish printsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilangan.

Bu borada tumanimizda ham tizimli ishlar amalga oshirilayapti.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza  qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Amudaryo tumani boʻlimi tomonidan 2023-yilning 11 oyi davomida tumanimiz hududida tabiatga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida noqonuniy chiqindi tashlab, atrof-muhitni ifloslantirayotgan, hayvonot va oʻsimlik dunyosini, suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun-qoidalar talablariga rioya qilmasdan ichimlik va oqava suvlarning ifloslanishiga yoʻl qoʻyish holatlari nazoratga olinib, ushbu huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga choralar koʻrildi. Shuningdek, yigʻilib qolgan chiqindilar, oʻsimlik qoldiqlari va xazonlarni yoqib yuborib, atmosfera havosining ifloslanishiga yoʻl qoʻyayotgan fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borilib, ogohlantirishlar berildi, ekologik nazorat tadbirlari davomida OʻZR MJtKning belgilangan moddalariga asosan atrof-muhit ifloslanishiga yoʻl qoʻyish boʻyicha jami 125ta huquqbuzarliklar aniqlanib, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va 335 319 000 soʻm miqdorida jarimalar undirildi. Vazirlar Mahkamasining tegishli Qarorlariga asosan atrof-muhitni ifloslantirganligi va chiqindilar tashlagani uchun 157ta korxona va tashkilotlarga jami 211 359 174 soʻm kompensatsiya toʻlami hisoblanib, davlat  hisobiga undirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish boʻyicha eʼlon qilingan “Dolzarb 40 kunlik”da koʻchat ekishni samarali tashkil etish yuzasidan tumanimizda ham chora-tadbirlar belgilanib, 2023-yil kuz mavsumida 489500 dona manzarali va mevali daraxt koʻchatlari va qalamchalarini ekish rejalashtirilgan edi. Ushbu daraxt koʻchatlari va qalamchalar tumanimizdagi barcha korxona va tashkilotlar, ovul, mahalla fuqarolar yigʻinlari maʼmuriy binolari atroflariga, avtomobil yoʻllari boʻylariga ekildi.

 Ona tabiatimizni asrash, uning musaffoligini saqlash borasida amalga oshirilayotgan bu kabi saʼy-harakatlar kelgusida oʻzining ijobiy samaralarini beradi, albatta.

Nurbek UZOQBOYeV,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish

va iqlim oʻzgarishi vazirligining Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026