30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 13:31
Jamiyat 👁 236

ChOYKOʻLLIKLAR VOYaGA YeTMAGANLAR TAʼLIM-TARBIYaSIDA YaKDIL

ChOYKOʻLLIKLAR VOYaGA YeTMAGANLAR TAʼLIM-TARBIYaSIDA YaKDIL

Amudaryo televidenisining Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Jaholatga qarshi maʼrifat” tamoyili asosidagi “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – jamiyat poydevori” grant loyihasi doirasida 2023-yil yanvar-dekabr oylari davomida koʻplab maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi. Xususan, yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish orqali ularni maʼnaviy barkamol insonlar qilib tarbiyalash, oilalarda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga hissa qoʻshish maqsadida “Men oʻqigan badiiy asar” videoroliklar tanlovi, “Men sevgan badiiy asar qahramoni” insholar tanlovlari, shuningdek yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, turli yot gʻoyalardan himoya qilish, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, erta turmush qurish, yaqin qarindoshlar bilan tuziladigan nikoh holatlarining oldini olishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy mavzulardagi tadbirlarga va telekoʻrsatuvlarga tumanning eng chekka hududlaridagi qishloqlar va mahallalar yoshlari ham keng qamrab olindi. Eʼtiborlisi shundaki, loyiha koordinatorlari tumandagi deyarli barcha qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari, koʻplab umumtaʼlim muassasalarida boʻlishib, loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida faol ishtirok etdilar.

Loyiha doirasidagi yakuniy tadbirlardan biri joriy yilning 22-dekabr sanasida Amudaryo tumanining Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻinida ham boʻlib oʻtdi. Unda IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha katta inspektor-psixologi, podpolkovnik Ulugʻbek Yoʻldoshev, hudud boʻyicha psixolog-inspektor, leytenant Husniddin Safarboyev, “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” loyihasi ijodkorlari, hududdagi taʼlim-tarbiya muassasalari oʻqituvchilari, ota-onalar va aholi vakillari ishtirok etishdi.

Avvalo shuni alohida eʼtirof etish kerakki, mazkur OFYda mahalla – maktab – oila hamkorligi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Hududdagi 22-sonli 42-sonli va 59-sonli umumtaʼlim maktablarida faoliyat olib boruvchi ota-onalar qoʻmitasi maslahat Kengashi jamoat tuzilmasi aʼzolari hamda OFY raisi Begzod Aytekov, hokim yordamchisi Rustam Rahimov, huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori Azimjon Matyusupov, yoshlar yetakchisi Xursand Shukurlayev va xotin-qizlar faoli Saylixon Murodboyevalarning birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli 2022-2023 oʻquv yili davomida, shuningdek, 2023-2024 oʻquv yilining oʻtgan 4 oyida voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va uzrli sabablarsiz dars qoldirish holatlari umuman qayd etilmadi. 2023-yilning boshidan to shu kunga qadar mahalla – maktab – oila hamkorligiga qatʼiy amal qilingani bois, uchta toifa – “yashil”, “sariq”, “qizil” toifadagi roʻyxatga olingan yoshlar, ayniqsa, voyaga yetmagan 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar bilan alohida profilaktik suhbatlar olib borildi.

- Ayni paytda choykoʻllik 14-30 yosh oraligʻidagi yoshlar va oʻsmirlarning 776 nafari “yashil”, 1176 nafari “sariq”, 32 nafari “qizil” toifalardagi roʻyxatga kiritilgan, - deydi, hudud boʻyicha Amudaryo tumani ichki ishlar boʻlimining inspektor-psixologi Husniddin Safarboyev. – 32 nafar “qizil” toifadagi yoshlar doimiy nazoratimizda.

Biz ijodiy guruhimiz bilan Choykoʻl ovulidagi 3-darajali “Zamonaviy maktab” deb eʼtirof etilgan 22-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlganimizda haqiqatan ham OFY masʼullari, oʻqituvchilar va ota-onalarning voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlashishda oʻziga xos tajribaga ega ekanligiga guvoh boʻldik. Mazkur maktab oʻquvchilarining oʻquvchilar qoidalariga qatʼiy amal qilishi, ularning yurish-turishi, fanlarni oʻzlashtirishlari, oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlar boʻyicha iqtidorlarini namoyon etishlariga alohida eʼtibor qaratiladi. Taʼlim-tarbiya ishlariga masʼul boʻlgan jami 63 nafar oʻqituvchilarning 7 nafari oliy, 58 nafari 1-toifaga, qolganlari esa maxsus malakaga ega fan oʻqituvchilari hisoblanadi. Oʻqituvchilarning oʻz ustlarida doimiy izlanishlari, oʻquvchilarga bilim asoslarini zamonaviy innovatsion pedtexnologiyalar asosida oʻrgatishlari bois, 2022-2023 oʻquv yilida 44 nafar maktab bitiruvchilarining 32 nafari turli OTMlar talabalari boʻlishdi va bu boʻyicha koʻrsatkich 72 foizni tashkil etdi. 2023-2024 oʻquv yilida fanlar olimpiadasining tuman bosqichida 1-, 2-, 3-oʻrinlarni egallagan 5 nafar oʻquvchi-yoshlar fanlar olimpiadasining Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

- Oʻquvchilarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga, ularning turli yot gʻoyalar oqimiga kirib ketishlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli oʻsmir-yoshlar orasida intizomsizlik, uzrsiz sabablarga koʻra dars qoldirish, tungi paytlarda ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarsiz yurish holatlari umuman yoʻq, - deydi maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Ikromjon Jangaboyev.

Darvoqe, mahalla – maktab – oila hamkorligining samarali yoʻlga qoʻyilgani, oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Oʻquvchi-yoshlar hudud boʻyicha inspektor-psixolog Husniddin Safarboyev, yoshlar yetakchisi Xursand Shukurullayev, huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori Azimjon Matyusupovlar tomonidan tashkil etiladigan shashka-shaxmat, voleybol, basketbol, futbol musobaqalarida hamisha faol. Hududdagi uchta umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilib turiladigan oʻrtoqlik uchrashuvlari, turli bayram sanalari munosabati bilan boʻladigan bilimdonlar bellashuvlari, “Zakovat” intellektual oʻyini voyaga yetmaganlarning har tomonlama yetuk va intiluvchan, salohiyatli yoshlar boʻlib voyaga yetishlarida muhim omil boʻlmoqda.

“Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona”, degan hikmatga amal qilish, voyaga yetmagan oʻsmir-yoshlar tarbiyasi va ularning bilim asoslarini chuqur egallashlarida muhim ahamiyat kasb etishi, ularning yurish-turishi, uyali aloqa vositalaridan foydalanishlarini nazorat qilish, kitob mutolaasiga kengroq jalb etish, choykoʻlliklar uchun hayotiy qoidaga aylanib borayotgani xususida 22-sonli maktab oʻqituvchilari alohida soʻz yuritdilar. Ayniqsa, OFY xotin-qizlar faoli Saylixon Murodboyeva, koʻcha boshchi onaxonlardan Gulora Olloyorova, 22-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Ikromjon Jangaboyevlar voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar, uzrsiz dars qoldirish, tungi paytlarda kompyuter va billiardxonalarda ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarsiz yurish kabi holatlarga barham berilgani OFY masʼullari, taʼlim-tarbiya muassasalari rahbariyati va ota-onalarning birgalikdagi saʼy-harakatlari mahsuli natijasi ekanligini alohida qayd etdilar.

Haqiqatan ham Choykoʻl ovuli Mangʻit shahri atrofida, qolaversa, qardosh Turkmaniston Respublikasi bilan chegara hududida, serqatnov guzar yoʻl boʻyida joylashgan boʻlishiga qaramay, hududda voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy holatga barham berilgan. Yuqorida qayd etganimiz, “qizil” toifaga kiritilgan 32 nafar yoshlar orasida ham voyaga yetmagan oʻsmirlar yoʻq. 32 nafar “qizil” toifadagi roʻyxatga kiritilgan yoshlar bilan olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar tufayli yaqin vaqt ichida ushbu toifadagi roʻyxatga ham barham berilishi kutilmoqda.

Biz ijodiy jamoamiz bilan choykoʻlliklar huzuridan qaytarkanmiz, biri-biridan obod va fayzli koʻchalar, xonadonlar atrofida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari tufayli moʻʼjaz shaharcha qiyofasiga kirgan ovul va uning ahil va mehr-oqibatli xalqiga havas qildik.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026