01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 13:35
Jamiyat 👁 3,195

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Sen birla...

Sen birla soʻzlashsam,

Sogʻinch haddin oshar.

Sahar-la sirlashsam,

Koʻzdin uyqu qochar.

Daftar-la gaplashsam,

Dardlar sahfa ochar,

Jafokorlik nahot,

Senga yarashar?

 Gulzorda

Gulzorda kapalak oʻynaydi,

Gullarni tinchiga qoʻymaydi.

Koʻrgan koʻz uchqunlab, quvnaydi,

Tasvirga suqlanib toʻymaydi.

Bogʻimning bezagi bu holat –

Dilimga joyladi halovat.

Qalbimga yetishgan harorat,

Oz emas boʻlsa ham, toʻlmaydi.

Kapalak, jonimni beray man,

Nigohing izmida yuray man,

Senga sheʼr aytmoqqa yarayman –

Koʻnglingni ochmasang boʻlmaydi.

 

Bir insonni...

Bir insonni kuzatdik bugun,

Ketaverdi qarimasidan.

Zoʻr insonni kuzatdik beun,

Chalgʻitmadi qushlar sasi ham.

 

Qaygʻu chekkan xaloyiq mahzun,

Intihoni oʻylab turarlar.

Odam umri qushlardan uzun -

Emasligin dilga tuyarlar.

Sabr aylamoq bandalarga xos,

Bardosh bergay oilasiga.

Bizdan farzdir sadoqat, ixlos,

Odamiylik qoidasiga!

Doʻstlar qoldi hasratli, hayron,

Dosh bermoqlik zarbga osonmi.

Saf tortganning holati vayron,

Taʼsirida saqlar har yonni...

E voh! Eltib eng qadrdonni,

Va... Yoʻqotdik asl insonni!

Yashil barglar

Yashil barglar - yurak quvonchim,

Yaralishning rangidir ular.

Oshiradi odam ishonchin,

Yashaylik deb chaqirib turar.

Yoqimli hid urar dimoqqa,

Koʻtaradi koʻnglimning mulkin.

Havas qilib, boqib har yoqqa,

Kelaverar jilmaygim, kulgim.

Yaproqlarga yaqinroq borib,

Dil soʻzlarim aytgim keladi.

Xatarlardan qalbni qutqarib,

Hayot yoqqa qaytgim keladi.

Yashil barglar - yaxshi barglarim,

Yashamoqning sizlar timsoli.

Sizlar bilan oshno harflarim,

Ilhomimga doʻstsiz - vafoli!

TOʻRTLIKLAR

Mashhurlikka koʻp-da urinma, koʻnglim,

Koʻplar puch xayoldan xoli emaslar.

Sabrga doʻst tutinib, kamiga koʻnding,

Ne darkor ziyoda hoyu-havaslar.

* * *

Isming husning kabi maftunkor gʻuncha,

Aytgan sayin aytib yurgim keladi.

Qancha kerak boʻlsa, bardoshim shuncha,

Visolingga mahtal turgim keladi.

* * *

Egnimda tunimning salqin libosi -

Charchoqli kunimning taskin - shifosi.

Tangrimga tun uchun shukronam bisyor,

Ertanggi tongdan ham umidlarim bor.

* * *

Rangin xayollarim yorishgan holda,

Oltin damlarimni tutarman aziz.

Manzilim maroqli - maqsad bor oldda,

Horgʻin yoʻllar esa hordiqli, laziz!

Jumaboy Hidoyatov, "Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026