01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 13:35
Jamiyat 👁 2,376

XATOLARDAN EMAS, MUVAFFAQIYaTLARDAN OʻRGANING!

XATOLARDAN EMAS,  MUVAFFAQIYaTLARDAN  OʻRGANING!

Biz «Xatolaringdan oʻrgan», «Sendan avvalgilar yoʻl qoʻygan xatoni takrorlama» degan gaplarni koʻp eshitganmiz. Koʻpchilik xatolardan oʻrganish muvaffaqiyatga erishishning toʻgʻri yoʻli, deb hisoblaydi. Ammo bu eskirgan dunyoqarash zamonaviy hayotda ilgʻor boʻlishingizda toʻsiq boʻladi. Biz hech qachon xatolarga oʻrganish vositasi sifatida qaramasligimiz kerak.

Xato qilib qoʻyish orqali qaysidir xatti-harakat ish bermasligini bilib olishimiz mumkin. Ammo shu xato aynan qaysi xatti-harakat bizni muvaffaqiyatga olib borishini koʻrsatib bera olmaydi. Xato natijasida biz maqsadga olib borishi mumkin boʻlgan mingta yoʻldan faqat bittasi notoʻgʻri ekanligini bilib olamiz, xolos. Ammo xato bizga maqsadga olib boruvchi yagona, bitta toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib bera olmaydi. Shuning uchun ham biz xatolardan emas, muvaffaqiyatlardan oʻrganishni odat qilishimiz kerak.

Xatolardan oʻrganishga odatlanib qolish surunkali sustkashlikka olib kelishi mumkin. Buni oddiy, hayotiy misol asosida tushuntiraman. Masalan, bir oʻspirinning akasi yaxshi kasb egasi boʻlishni orzu qilib, oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirdi. Bir necha yil oʻqishdan yiqilib, qiynalib talabalik baxtiga erishdi. Oʻqishni tugatganidan soʻng mutaxassisligi boʻyicha iqtisodchi boʻlib bankka ishga kirdi va ishi orqaga tortib, bir yil ham ishlay olmasdan, mutaxassisligi boʻyicha ishini tashlab, savdo-sotiqqa oʻtib ketdi. Ukasi ham bolalikdan akasi singari oʻqishga kirishga, iqtisodchi boʻlish va bankda ishlashga qiziqardi. Uka akasining xatosini koʻrdi – aka bir necha yil vaqtini bekorga oʻqish uchun sarfladi va shuncha qiynalib erishgan diplomini bir chetga tashlab, umuman diplom talab etilmaydigan sohada ishlab ketdi. Agar uka akasining xatosidan oʻrgansa, tabiiyki, «Oʻqigan akamning ahvoli bu boʻlsa, men oʻqib nima qilaman?» deydiyu, orzu-rejalaridan voz kechib, hatto urinib ham koʻrmasdan, oʻzi istamagan biror sohaga oʻtib ketadi. Natijada qoʻlga kiritilishi mumkin boʻlgan muvaffaqiyat, kelajakda erishish mumkin boʻlgan orzular yoʻqqa chiqadi. Yoki hozirgi kunda akademik litsey yoxud  kasb–hunar kollejlarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarni misol qilsak boʻladi. 3 yillik taʼlimdan soʻng ular oliy oʻquv yurtlariga  imtihon topshirish uchun  tayyorgarlik koʻra boshlashadi. Birinchi bosqichda oʻquvchi biror kasb egasi boʻlish maqsadida kerakli fanlarni chuqur oʻrgana  boshlaydi. Lekin uning yaqin qarindoshi yoki doʻstlaridan  biri bu oʻqishga 3-yil tayyorlanib, oʻqib kira olmagan boʻlsa, oʻquvchi bu maqsad va niyatidan chekina boshlaydi, yaʼni uni qoʻrquv va xavotir bosadi.

 Mana sizga xatolardan oʻrganishning zararli jihati. U insonni harakatdan toʻxtatib qoʻyadi va intilishni yoʻqqa chiqaradi. Axir hammaning ham taqdiri bir xil emasku! Eng muhimi, inson  oʻz maqsadiga erishishiga ishonishi va qattiq  harakat qilishi lozim.

Atrofingizdagilarni hisobga olmaganda, oʻz faoliyatingizda ham xuddi shunday – xatolardan emas, muvaffaqiyatlardan oʻrganishga qatʼiy amal qiling. Eng muhimi – kelajagingiz hali oldinda, uni siz oʻzingiz yaratishingiz lozimligini doimo yodda tutib, olgʻa intiling! Xalqimiz bekorga intilganga toleʼ yor, deb aytmaganiga oʻz hayotingiz misolida iqror boʻlishingiz tayin.

 

Dilnoza BOBOJONOVA,
Amudaryo akademik litseyi  ingliz tili  fani oʻqituvchisi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026