AJDODLARIMIZ OʻGITLARI IBRAT MAKTABIDIR
Ota-bobolarimizdan qolgan hikmatli soʻzlar, maqol, hikoya, rivoyatlar bizning maʼnaviy boyligimiz boʻlib, tarbiyalaydi, bizni ezgulikka undaydi, koʻzimizni ochadi. Xuddi asrlar qaʼridan kelayotgan nidodek bizga hamroh va katta bir hayot maktabidir.
Biz kundalik turmushimizda hayotimizda yuz berayotgan voqea-hodisalardan oʻzimizga saboq olamiz va bobolarimiz aytgan bu soʻzlar ne chogʻlik toʻgʻri va hikmatli ekaniga amin boʻlamiz.
Ota-bobolarimizning bu hikmatlari asrlar davomida oʻz isbotini topgan. Qarang, asrlar osha bugungi rivojlangan zamonimizda ham bu soʻzlar qanchalar purhikmat, haqiqat. Bobolarimiz bu soʻzlari bilan biz avlodlar dilida yashaydi.
Chunonchi "Tilga eʼtiborsiz – elga eʼtiborsiz” iborasining zamirida qancha maʼno yotadi. Yurtga hurmat, ota-onaga hurmat, elga, barcha kata-kichikka hurmat ona tilimizga eʼtiborimiz bilan belgilanadi.
Ota-bobolarimizning buningdek hikmatli soʻzlari, dilimizda ekan, biz hech qachon oʻzligimizni, milliyligimizni yoʻqotmaymiz. Aslini olganda, xotira – bu insoniylikning bir belgisi hamdir, boshqa jonzotlardan ajratib turadigan xislatimizdir.
Xotiramizda ota-bobolarimiz pand-nasihat, oʻgitlari bor ekan, biz yoʻlimizdan adashmaymiz, hech kimdan kam boʻlmaymiz.
Sevara KAMOLOVA,
Xolimbeg ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶