01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 15:18
Adabiyot 👁 2,985

JAYXUN ILHOMLARI

JAYXUN ILHOMLARI

Iftixor

Bir maromda aylangani kabi yer,

Bir maromda inson kechirsa hayot.

Vatan ravnaqi deb har kim toʻkib ter,

Yurtning parvoziga boʻlolsa qanot.

 

Otaning umidin oqlasa farzand,

Yayratsa boboning koʻnglin nevara.

Hayotda tashvishlar boʻlsa-da garchand,

Insonning baxtiga bormi chegara?!

 

Uyingda boʻlganda toʻy yo maʼraka,

Yaqin qarindoshday tursa qoʻshnilar.

Topgan-tutganingda boʻlar baraka,

Yegan-ichganingga maza qoʻshilar.

 

Ertalab ish sari uyingdan chiqsang,

Ahli oilangdan boʻlib xotirjam.

Kechqurun ishingdan uyga oshiqsang,

Mehnating rohatin koʻrmoqqa baham.

 

Keksa ota-onang koʻnglini xushlab,

Har tong, har oqshomda hol soʻrab tursang,

Yursang oʻgitlarin yodingda ushlab,

Ajabmas hayotda qoqilmay yursang.

 

"Bunday osuda yurt qayda?” – deb nogoh

Kimdir savol berib qolsa oʻsha tob.

Bizni taniganlar "Boʻlingiz ogoh,

Oʻzbekiston – bu!” – deb berishar javob!

Ahmad NAFASOV.

Onam kabi sevimli

Taʼrifingga sheʼr bitdim bugun,

Mehrim aslo topmagay yakun.

Muhabbatim oshadi har kun,

Onam kabi sevimli Vatan.

Seni bir kun koʻrmasam  – armon,

Senga mehrim beradi darmon.

Kerak boʻlsa boʻlayin qurbon,

Onam kabi sevimli Vatan.

Xizmatingda turay erta-kech,

Gʻanimlarni yoʻlatmayin hech.

Gʻanimlarning xayollari puch,

Onam kabi sevimli Vatan.

Mustaqil yurt -Oʻzbekistonim,

Senga fido bu shirin jonim.

Manglayimga surayin nonim,

Onam kabi sevimli Vatan.

Nishonlaymiz yigitlik yoshing,

Kam boʻlmasdan tutib tik boshing.

Porlayversin iqbol quyoshing,

Onam kabi sevimli Vatan.

Farhod AVEZOV, "Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.

JANNATIM – OʻZBEKISTON

Togʻlari bulutga teng,

Bagʻri osmon kabi keng.

Keng bagʻri jannatga teng

Qirlari bagʻridan keng.

Jannatim – Oʻzbekiston,

Har goʻshasi guliston.

Bogʻlaringni yashnatgan,

Chevar qoʻlli qizlaring.

Bedov otni kishnatgan,

Dovyurakdir oʻgʻloning.

Jannatim – Oʻzbekiston,

Har goʻshasi guliston.

Zulfiyadek qizing bor,

Baxtingdan kuylab kelgan.

Alisherdek oʻgʻloning

Noming elga tanitgan.

Jannatim – Oʻzbekiston,

Har goʻshasi guliston.

Dinora KARIMBOYeVA, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

Xiva

Meʼmorlarning sanʼati oʻzing,

Suronlarga berolding bardosh.

Har gʻishtingda yurtim tarixi,

Bugun menga boʻlding yelkadosh.

 

Minoralar koʻkka ustundir,

Yer yuzini hayratga solgan.

Ertakdagi billur qasrlar,

Timsolingdan andoza olgan.

 

Koʻhna tarix bagʻringda yashar,

Nomdor shahar, ulugʻvor shahar.

Jamila YaNGIBOYeVA,

"Yosh muxbir” toʻgaragi aʼzosi.

VATAN

 

Men mustaqil yurtda dunyoga keldim,

Mustaqillik mening hayotim, tongim.

Baralla madhingni kuylayman Vatan,

Yoʻqdir dunyoda armonim hech ham.

 

Vatanning ertasi - porloq kelgusi,

Mendurman bagʻrida baxtli qizchasi,

Ulgʻayib, boʻlolsam yurtim suyanchi,

Vatan, senga umrim hadya etaman.

 

Nomingni eng suyuk qoʻshiqday bilib,

Oʻzingni onamdek aziz tutaman.

Qadringni koʻtarib, otamday bilib,

Vatan, hayotimni hadya etaman!

Feruza YOʻLDOShEVA,

Mangʻit iqtisodiyot kolleji oʻquvchisi.

Yoz keldi

Yurtimga kelmoqda tarovatli yoz,

Yozda hamma ishlar albat boʻlar soz.

Xayr, koʻrishguncha aziz maktabim,

Koʻrishguncha xayr, qadrli ustoz.

 

Yoz kelsa, shodlanar quvnoq bolalar,

Koʻngillar yorishar, toʻlar hislarga.

Quyosh kulib boqar butun olamga,

Mehr nurlarini sochar bizlarga.

 

Daraxtlar shoxini ohista silab,

Biz tomon bir iliq shamollar yelar.

Quvonchli tuygʻular dilni allalab,

Yurtimga fayz berib fasli yoz kelar.

Javohir YOʻLDOShEV,

38-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026