FAXR
Men 1986-yil 40-sonli maktabning birinchi sinfiga qabul qilinib, 1997-yil uni tugatdim. Oliygohni bitirib kelib ushbu dargohga, oʻz ustozlarim quchogʻiga shoshildim va 2005-yil ingliz tili fani oʻqituvchisi sifatida ishga qabul qilindim.
Ushbu kungacha mamlakatimiz taʼlim sohasida boʻlgani kabi maktabimizdagi oʻzgarishlarni koʻrib, koʻzingiz quvonadi.
Qisqa yillar davomida maktab kapital taʼmirlandi. Ikkita katta kompyuter xonasi, 2 ta ingliz tili xonasi, 2 ta rus tili xonasi, qoraqalpoq tili xonalari, kimyo va biologiya fanlari xonalari zamonaviy texnologiya vositalari va laboratoriya anjomlari bilan toʻliq taʼminlandi.
Ayniqsa, boshlangʻich sinf xonalarining har bittasiga alohida televizor qoʻyilganligi eʼtiborga molik. Bunday sharoit nafaqat oʻqituvchining oʻz ishiga boʻlgan masʼuliyatini, balki oʻquvchilarning ilm olishga boʻlgan qiziqishlarini orttirishi tayin.
Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tadbiriga maktabimizda alohida tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Maktabimiz atrofidagi obodonlashtirish ishlarini, gulzorlarni koʻrib, beixtiyor dilingiz yayraydi
Men shunday jannatmakon yurtda tugʻilib voyaga yetganimdan, shunday muqaddas dargohda faoliyat yuritayotganimdan Allohga shukrona aytaman.
Yurtdoshlarimizni eng ulugʻ bayram - mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Saida KARIMOVA,
40-sonli maktab ingliz tili fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶