01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 18:25
Jamiyat 👁 1,642

KOʻNGLIMDAGI KUVONCh – MUSTAQILLIK TUFAYLI

KOʻNGLIMDAGI KUVONCh – MUSTAQILLIK TUFAYLI

Baʼzan davralarda madaniy hordiq haqida soʻz ochilsa, koʻpchilik sihatgohlarda dam olish, biror madaniy-maʼrifiy tadbirda ishtirok etish yoki miriqib televizor koʻrishni afzal, deb bilishadi. Toʻgʻri, insonning hayotida bunday hordiq chiqarish ham muhim ahamiyatga ega. Sihatgohlarda dam olib, havo almashtirish, koʻngilochar tadbirlarda ishtirok etish ham maʼlum maʼnoda sogʻligimiz uchun foydali. Lekin menga qolsa, miriqib dam olish va asablarni tinchlantirishning eng maqbul yoʻli – shaxmat sporti bilan shugʻullanish, derdim.

Men hozir 80 yoshdaman, 65-yildan beri shaxmat mening eng yaqin hamrohim. Umrim davomida turli vazifalarda ishladim. Fermer xoʻjaligi rahbarligidan nafaqaga chiqdim. Qayerda, qanday vazifada ishlasam-da, shaxmatdan bir kun ham ayro tushganim yoʻq. Hatto 1981-yildan 1992-yilgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi shaxmat terma jamoasiga trenerlik qildim. Oilamizda esa oʻgʻil-qizlarim, kelin-u nevaralarimning barchasi shaxmatchi. Qizlarim Gulnora va Muborak Rahimovalar shaxmat boʻyicha xotin-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi chempionatida ishtirok etishib, bir necha marta gʻolib boʻlishdi. Ikkala qizim ham shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionlari. Rahmatjon oʻgʻlim esa BOʻSMda trener, nevaralarim Azimjon Rahimov va Sabohat Rahimovalar yaqindagina oʻz yoshlari toifasida Qoraqalpogʻiston chempionlari boʻlishdi. 18 nafar nevaralarimning barchasi sportning bu turi bilan doimiy shugʻullanishadi.

Shaxmatni aql gimnastikasi deyishadi. Bu – juda toʻgʻri! Men shu nuroniy yoshimda ham bemalol yoshlar bilan bellasha olaman. Xotiram juda yaxshi, oʻzimni hamisha tetik his qilaman. Mamlakatimizda yoshlarga, hatto biz keksalarga ham beqiyos gʻamxoʻrliklar koʻrsatilayotganidan, farzandlarim sogʻlom va baxtiyor hayot kechirayotganidan quvonib ketaman. Toʻgʻrisini aytay, umrim bino boʻlib bundayin farovonlikni, erkinlik va bagʻrikenglikni, toʻkin-sochin hayotni koʻrganim yoʻq. Koʻrib, his qilayotganlarim, koʻzimni quvontirib, qalbimda gʻurur uygʻotayotgan tuygʻularim – bu faqat va faqat mustaqillik tufayli!  Mustaqillik – xalqimizga nainki ozodlik va erkinlik, balki tinchlik, toʻkin-sochin hayot berdi, oʻz orzu-umidlarini roʻyobga chiqarish uchun cheksiz imkonlar ato  etdi! Biz bunday dorilomon kunlarning qadriga yetishimiz kerak. Bu baxt hammaga ham nasib etavermaydi. Dunyoning qaysidir burchaklarida keksalar, bolalar ogʻir mehnatga jalb qilingan. Nonga zor, suvga, hatto musaffo havoga zor millionlab insonlar bor. Bizning mamlakatda esa xalqimizning baxt-saodatga chulgʻanib yashashi uchun davlatning oʻzi bosh-qosh. Bundan ortiq baxt, bundan ziyoda eʼtibor va gʻamxoʻrlik yoʻq, azizlar!

Biz – keksa avlod vakillari har bir ishimiz, har bir soʻzimiz, intilishlarimiz bilan yoshlarga ibrat boʻlmogʻimiz kerak. Yoshlar bizdan bugungiday obodlik, tinchlikning qadriga yetishni oʻrgansinlar, hayot deb atalmish ulkan karvon-da adashib qolmaslikka, bor kuch va bilimini  ezgulikka, istiqlol gʻoyalarini mustahkamlashga sarflab yashamoqni odat qilsinlar. Istiqlolning istiqboli yanada yuksak boʻlsin! Barcha yurtdoshlarimizga mustaqillik bayrami muborak, azizlar!

Bekjon RAHIMOV,

sport faxriysi,

Mangʻit shahrining "Doʻstlik” mahallasi.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026