Savol bering – javob qaytaramiz
Savol: – Uy-joy, koʻchmas mulklarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishdan koʻzlangan maqsad nima va buning tartibi qanday?
Maxsud, "Olmazor” mahallasi.
Javob:– Bizning "Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” davlat korxonamiz yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulklari, yaʼni foydalanib kelayotgan yer uchastkasi, bino-inshootlari va koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqlarini amaldagi qonun va nizom talablari asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishni amalga oshiradi. Bundan koʻzlangan maqsad fuqarolarimizga, tadbirkorlarga oʻzlari yashayotgan uy-joylarga, yer uchastkasiga, koʻp yillik daraxtlarga egalik huquqini berishdir. Buning uchun fuqarolar bizning korxonamizda tashkil etilgan "Bir oyna” boʻlimiga ariza bilan murojaat qilib, bino, yer uchastkasi, koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini, bino va inshootlarga hamda koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqlar sudning qaroriga muvofiq oʻtgan taqdirda, sudning qarori, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarini tasdiqlovchi yuridik va boshqa hujjatlarini taqdim etishi zarur.
Murojaatlar kelib tushgan kunning oʻzida boʻlim tomonidan yuridik va jismoniy shaxs yoki ularning ishonchli vakillari oʻrtasida kadastr yigʻmajildini tayyorlash boʻyicha shartnoma tuziladi.
Kadastr yigʻmajildini tayyorlash muddati kadastr obʼektining oddiy yo murakkabligiga qarab, belgilanadi va mulk obʼekti kadastr yigʻmajildini tayyorlash murakkab boʻlsa, kelishilgan holda uni tayyorlash uchun bir oydan ortiq vaqt ham belgilanishi mumkin.
Savolga tuman "Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” davlat korxonasi rahbari Oʻktam Yoʻldoshev javob berdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶