01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 21:38
Adabiyot 👁 3,575

SOʻNGGI BEKAT

SOʻNGGI  BEKAT

Olti oylik sinov muddati ham foyda bermadi. Ular ajrashishga ahd qildilar. Sud qarori oʻqilganda erkakning qoʻllari musht boʻlib tugildi: "Sendan yaxshirogʻini topmasammi!”

Ayolning ham koʻnglidan shu kechdi: "Biror durustrogʻi uchrab qolar...”

***

Yaxshirogʻi ham topila qoldi. "Oʻtiribroq” qolgan qizni  ammasi topdi. "Hammaning koʻzi kuysin, turmushga chiqmaganiga uylan!”

Kimning koʻzi kuydi, kimning  ichi kuydi, bilmadi-yu, ammo "yaxshirogʻi” deganga uylandi.

Qasrmonand uylar qurdi, eng zamonaviy mashina oldi. Koʻnglining bir chekkasida, ahyon-ahyonda qasos oʻti lovullab qolardi: "koʻrib, eshitib, ichi yonsin!”

Vaqt degan malham, asta-sekinlik bilan boʻlsa-da barini oʻz izmiga boʻysundiradi. Qasos oʻti ham bora-bora pasaya boshladi, qoʻllari baʼzan oʻzi ham sezmagan holda eski suratlarga choʻzilib qolar, koʻnglida oʻzi ham tushunib yetmagan nimadir gʻalayon  qila boshlar edi.

Bugun ishdan kech qaytdi, ancha charchagan, kayfiyati ham yoʻq edi. Xotini indamasdan bir choynak choy, ovqat keltirib qoʻydi-da  yana televizorga tikildi. "Qanday keldingiz ham demaydi-ya”, xayolidan kechdi erkakning. Uy sukunat ogʻushida, xonadagi televizor ovozidan boshqa sas eshitilmasdi. Erkak shiftdagi qandilga, atrofidagi xorijiy mebellarga bir-bir razm soldi. Hammasi bisyor... Lekin nimadir yetishmaydi. Nima edi u? Erkakning xayoliga bir savol keldi: "Nega xotinim hech qachon "Yaxshi keldingizmi?” demaydi, men bilan bunday gaplashib ham oʻtirmaydi. Biror narsadan quvonmaydi, biror narsaga qiynalmaydi, hech narsa bilan ishi yoʻq?” Negadir esiga sobiq xotinining soʻzlari tushdi. "Bugun siz yoqtirgan ovqatni pishirdim, yeb koʻrib, bir maqtab qoʻying meni”.

Miyasiga kelgan fikrdan oʻzi ham seskanib ketdi: Ajrashib toʻgʻri qildimmi?

***

Ayolga ham "durustrogʻi” topildi. Soʻkmaydi, "qayoqqa bording?” demaydi. Kun boʻyi televizor koʻradi yoki yotib uxlaydi. Biror  ish qilgisi ham kelmaydi. Avvaliga bilinmasa-da bora-bora malol kela boshladi: "Erkakka oʻxshab roʻzgʻorga qarashsangiz boʻlmaydimi?”

- Senga indamasam, urmasam, soʻkmasam, yana nima qilay? Ha, bir kunimiz oʻtib turibdi-ku?

Ayolning yodiga sobiq eri keldi. Ishdan qaytishida roʻzgʻorga kerak boʻladigan nimalarnidir koʻtarib kelardi. Soʻksa ham, gohida bir shapaloq tushirib qolsa ham, baʼzan hazillashib qoʻyardi: "Xotinjon, qalaysiz endi?” Ayol shularni eslab, xoʻrsindi. Miyasiga kelgan fikrdan oʻzi ham seskanib ketdi: "ajrashib toʻgʻri qildimmi?”

Bir tanishining toʻyida ular uchrashib qolishdi. Sobiq er va sobiq xotin oʻzlari ham sezmagan holda bir-birini zimdan kuzatdilar. Er ham, xotin ham oʻzlarini juda baxtli kishilarday tutishar, bir gapirib, oʻn kulishar lekin ikkisining ham koʻnglidan bir gap oʻtar edi:

- Ajrashib toʻgʻri qildimmi?

***

Hayot hamma vaqt tekis kechmaydi. Boshimizga har qanday balolar yogʻilganda ham bir oz sabr, bir oz qanoat qilsak, hammasi izga tushadi.

Sulaymon paygʻambar yer yuzini soʻragan buyuk hukmdor boʻlgan. Taxtda oʻtirganida qoʻlidagi uzukning koʻziga tez-tez nazar tashlab qoʻyarkan. Uzuk koʻzida shunday soʻzlar yozilgan ekan:

"Bu kunlar ham oʻtib ketadi”.

 Hayitgul YOʻLDOShEVA.

(Foto - http://xabardor.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026