15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 05:16
Jamiyat 👁 2,343

SAODAT MANZILI

SAODAT  MANZILI

Dunyoda baxtiyor insonlar koʻp. Biroq buni chin koʻnglidan his  qiladiganlar kam.

Oramizda shunday odamlar ham borki, tinch-osuda Vatani borligiga, bagʻrida emin-erkin yashayotganiga, maqsad-muddaolari yoʻlida mehnat qilish  uchun joni sogʻ, vujudida kuch-quvvati borligiga shukrona qilib yashaydilar. Buni Yaratganning ulugʻ inoyati deb biladilar, umrining har bir kunini  oʻz mehnatlari ila bezab, yanada fayzli va tarovatli qilishga urinadilar.

Umrining oltmish yillik dovonidan oshganida ham yurt ravnaqi uchun mehnat qilishdan qaytmagan, oʻz sohasining fidoyisi, uch qiz, bir oʻgʻilni uyli-joyli qilib, 13 nafar nevara jamoliga musharraf boʻlgan, qator yillar tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadiga rahbarlik qilgan Rahimboy aka Jumaboyev ana shunday insonlarning biri.

U oʻrta maktabni tugatib, oliygohga kirolmasa-da nolib oʻtirmadi, qurilishda ishladi, sobiq Mangʻit sovxozi ustaxonasida ochilgan traktorchilar tayyorlash kursida oʻqib, mexanizatorlik qildi.

Keyinchalik Toshkent qishloq xoʻjalik texnikumining oʻsimliklarni himoya qilish boʻlimiga oʻqishga kirdi.

1977-yilda ilk mehnat faoliyatini tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadida  boshladi, zveno agronomi, kimyoviy usul agronomi, bosh agronom vazifalarida ishladi.

U paytlarda sobiq ittifoqning Oʻzbekistonda paxta yetishtirishni koʻpaytirish borasidagi zugʻumi juda avjiga chiqqan, paxta yakkahokimligi hukmronligi kuchaygan va bu maqsad yoʻlida  zaharli yadoximikatlardan ayamay foydalanilayotgan davrlar edi.

Buni koʻra-bila turib, tuman rahbariyati qarshilik koʻrsatishga ojiz edi. Oʻsha vaqtdagi ahvolga, havomizning, odamlarning kimyoviy vositalardan oshkora zararlanayotganiga joni achib, Rahimboy  aka 1986-yilgi ahvolni oʻz ish daftariga shunday qayd qilib qoʻyibdi:

"...1986-yil davomida rayonda oʻsimliklarni himoya qilish uchun 13578,5 kg. yadoximikat ketgan. Rayon boʻyicha ekin maydoni 35717 gektar boʻlsa, har bir gektar ekin maydoniga 0,38 kg.dan, 109 ming 64 nafar aholi jon boshiga 0,13 kg.dan yadoximikat toʻgʻri keladi. Eng dahshatlisi – butifos bilan defoliatsiya qilish. Agar defoliatsiya UDM-II bilan oʻtkazilsa, ham zararlilik darajasi pasayadi, ham har bir gektarda ushbu tadbir 12,23 soʻm oʻrniga 7,76 soʻmga tushar edi”.

Rahimboy aka oʻz xizmat lavozimida shunchaki emas, sidqidildan ishlaganini sargʻaygan sahifadagi ushbu qaydlar ham isbotlab turibdi. Ha, ishiga oqilona yondoshgan xodim oʻz fikrlarini, xulosalarini oshkora ayta  oldi, yadoximikatlar nafaqat oʻsimliklar zararkunandalarini, balki odamlarni ham zaharlayotganini nufuzli minbarlarga olib chiqdi. Imkon qadar zarari kam usullardan foydalanish taklifini oʻrtaga qoʻydi.

1980-yilda oʻsimliklarni biologik himoya qilish usulini qoʻllash haqida hukumat qarori  chiqqan, Respublikamizda ilk biolaboratoriyalar ochila boshlagan boʻlsa ham, hali koʻpchilik  bu haqda aniq tasavvurga ega emas edi. Rahimboy Jumaboyev talabalik davrida Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tekshirish institutiga amaliyotga borganida mazkur ish jarayoni bilan tanishgan edi. Oʻsha vaqtdagi tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadi boshligʻi Sobir Tojimovga bu haqda aytgan edi. U kishi ham yangilikka intiluvchan, keng fikrlaydigan odam edi, darrov Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻsimliklarni himoya qilish stantsiyasining oʻsha paytdagi direktori Lev Irkinovich Shin bilan bogʻlanib, xodimi Rahimboy Jumaboyevga shu haqda yoʻl-yoʻriq berishini soʻradi.

- Ertasiga Lev Irkinovich oʻzi meni shaxsan qabul qilib, biologik usul haqida tushuncha, amaliyotda qoʻllash uchun qoʻllanmalar berib, kelajakda faqat  shu usul bilan qishloq xoʻjalik ekinlari zararkunandalardan himoya qilinishini aytdi.

Men shundan keyin Toshkentga, Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tekshirish institutiga borib, biolaboratoriyalar ishi bilan tanishdim, oʻrgandim. Ish jihozlari va sxemalarini olib qaytdim. Qaytib kelganimdan soʻng meni oʻsimliklarni biologik himoya qilish boʻyicha katta agronom qilib tayinlashdi, - deya xotirlaydi oʻsha vaqtlarni Rahimboy aka.

Shunday qilib, u tumanda oʻsimliklarni biologik usul bilan himoya qilish jarayonining boshlovchisi boʻldi. Dastlab  Telman nomli kolxoz (hozirgi "Qangli” MMTP) raisi rahmatlik Madiyor Pirmonov koʻmagida biolaboratoriya  tashkil etildi. Keyinchalik barcha xoʻjaliklarda ham biomahsulot yetishtiruvchi laboratoriyalar tashkil etildi. Biroq bu usulga ishonchsizlik bilan qaraydigan, surishtirib ham oʻtirmay, dalalariga yadoximikat septirib yuboradigan rahbarlar koʻp edi. Biologik usulning arzonligini, yadoximikatlarning odamlar sogʻligiga, atmosferamizga zararini tushuntirib, xoʻjaliklarni har kuni takror kezib chiqqan vaqtlari koʻp boʻldi uning. Qoʻshni dalaga sepilgan ximikat hididan biomahsulotlar qirilib ketgan hollar uchradi. Eskicha fikrlovchi rahbarlar bilan qizgʻin kurashlarda oʻtgan qator yillar samarasidan yadoximikatlar ishlatilishiga barham berilishiga erishildi.

 2011-yildan 2014  yilgacha Rahimboy Jumaboyev mazkur idora rahbari sifatida soha ishchi-xizmatchilariga ishlash uchun qulay sharoitlar yaratishga, texnika vositalari bilan taʼminlashda jonbozlik koʻrsatdi, tumanimizda qishloq xoʻjalik ekinlarining hosildorligi oshishiga munosib hissa qoʻshdi.

Hayoti ana shunday qizgʻin mehnat jarayoni bilan kechgan fidoyi inson shu yilning 20-avgustida qutlugʻ 60 yoshga toʻldi. Uning turmush oʻrtogʻi Norgul opa bilan tarbiyalab kamolga yetkazgan uch qiz, bir oʻgʻli el koriga yaradi. Ishdan charchab kelsa-da, chopqillab diydoriga oshiqadigan nevaralari bilan shugʻullanishga, kattalarining darsini qanday tayyorlaganini nazorat qilishga ham vaqt topadi.

Odatda, koʻpincha xizmat vazifasiga sidqidildan berilgan odamlar oilasida farzandlar tashvishiga koʻp bosh qotirmaydi, koʻproq turmush oʻrtogʻiga suyanadi.

Rahimboy Jumaboyev xizmat vazifasiga ham, farzandlar taqdiriga ham birdek masʼuliyat bilan yondoshadi. Buni bir necha oy muqaddam dunyoga kelgan egizak nevaralariga ism tanlaganining oʻziyoq koʻrsatib turibdi. Oila albomida egizaklar surati ostiga ismlarining maʼnosi yozilgan soʻzlar, hatto goʻdaklarga ism qoʻyishga ham qanchalik masʼuliyat bilan qaraganidan dalolat beradi.

- Nevaralarimiz 13 nafar boʻldi. Turmush oʻrtogʻim ikkimiz pensiyaga chiqqanimizda uyda zerikmasin, deb Yaratgan qoʻshaloq nevara bilan siyladi - bir oʻgʻil, bir qiz! Birining otini firuz – baxt, saodatmand zot degan maʼnoda Humoyunbek, ikkinchisinikini esa Qurʼoni karim lafzidan mutafakkirlarimiz bayoniga koʻra, sayyoramizning fazoda oʻn toʻrt kunlik sayridan soʻng hilollik darajasidan toʻlin oylik martabasiga erishgan fazo malikasi  - oyning birinchi uch kunlik goʻzal jamoli nomi – Hilola  qoʻydik. Tugʻilgani oyning shu kuniga toʻgʻri keldi.

Bu soʻzlardagi ham shukronalik, ham zurriyod taqdiriga masʼullik kishining havasini keltiradi. Axir bu dali dunyoda bolasini yillab koʻrmasa-da sogʻinmaydigan, hatto tan olmaydigan, ochmi, toʻqmi –  qaygʻurmaydigan odamlar ham koʻp-da.

Rahimboy Jumaboyev oltmish yoshga toʻlsa-da, charchadim, demaydi, tin olishni emas, ertaga nima ishlar qilishini oʻylaydi. Jamoasida qator yillar rahbarlik qilib, tarbiyalab, voyaga yetkazgan shogirdlariga yoʻl-yoʻriq koʻrsatishdan erinmaydi.

Oʻzlarining halol va fidoyi mehnatlari bilan ana shunday ulugʻ saodatga – baxt manziliga yetgan Rahimboy akaga yoshingizga yosh qoʻshilaversin, gʻayrat-shijoat sizni aslo tark etmasin, deb qolamiz.

Oygul RAJABOVA,

Mahmudjon ShOMURODOV, gazetaning maxsus muxbirlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019