02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 00:43
Jamiyat 👁 6,492

QILIChBOYLIK ORASTA QIZ

QILIChBOYLIK ORASTA QIZ

Xushxabarning qanoti bor, deyishadi. Oʻz nomi bilan dilga yaqin, eshitgan quloqqa xush yoqib, koʻngillarni yashnatib yuboradigan xabardan oʻsha kuni  nafaqat qilichboylik Saidjonovlar oilasi, balki butun ahli ovul, qolaversa, eshitgan borki, barcha quvondi, havas qildi.

Qilichboy qishlogʻidagi "Amirxon” fermer xoʻjaligi ish yurituvchisi Dilfuza Bobojonovaning xonadoni shu kuni mehmonlar bilan yanada obod boʻldi. Qutlab  keluvchilardan minnatdor boʻlgan Dilfuza shu kuni koʻnglini ochdi, ham toʻkin dasturxon yozdi. Qizi, Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining 2-bosqich oʻquvchisi Muhayyo Yoʻldoshevaning "Mahallaning eng orasta qizi” koʻrik-tanlovining Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida faxrli birinchi oʻrinni olganini eshitgan yaqinlari Dilfuzaning quvonchiga sherik boʻlishdi.

Tabiatan mehribon, samimiy va intiluvchan boʻlgan Muhayyo qishloqdagi 15-sonli maktabda oʻqib yurgan kezlaridayoq oʻzining alohida iqtidori, intiluvchanligi, darslarni puxta oʻzlashtirishi, epchilligi bilan ajralib turardi. Maktabni aʼlo baholarga tugatgan Muhayyo, oʻqishni Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida davom ettirdi. Shu bilan birga "Orasta qizlar” toʻgaragining barcha mashgʻulotlarida faol ishtirok eta boshladi. Bundan  tashqari, onasidan hamda ustozlari Nigora Oʻrozaliyeva, Muborakxon Yoʻldoshevalardan qiz bolaga xos ezgu fazilatlar, bichish-tikish, pazandalik, sport sohasi boʻyicha sir-asrorlarni qunt bilan oʻrgandi. Darsdan va uy yumushlaridan boʻsh vaqtlarida kitob, gazeta, jurnallar mutolaa qilishni oʻzining eng yaxshi koʻrgan kundalik mashgʻulotiga aylantirdi.

U avval oʻzi yashaydigan Qilichboy qishlogʻi qizlari oʻrtasida oʻtkazilgan "Mahallaning eng orasta qizi” koʻrik-tanlovi gʻolibi sifatida mazkur koʻrik-tanlovning tuman bosqichida ishtirok etdi. Amu elining biri-biridan zukko qizlari bilan bellashgan Muhayyoga yana omad kulib boqdi. U oʻz bilimi, mahorat va iqtidori bilan tuman bosqichi gʻolibiga aylandi va "Mahallaning eng orasta qizi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ham faxrli 1-oʻrinni egalladi.

Yaqinda mazkur koʻrik-tanlovning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Muhayyo Yoʻldosheva oʻz chiqishlari hamda koʻrik-tanlov shartlarini yuksak mahorat bilan bajargani uchun "Mahallaning eng orasta qizi” koʻrik-tanlovida yana birinchi oʻrin sohibasiga aylandi va Oʻzbekiston  mahallalarining eng oqila, bilimdon, zukko va epchil orasta qizlari safidan joy oldi.

– Gʻoliblikni qoʻlga kiritishimda eng avvalo, ustozlarimning hissasi katta boʻldi, qolaversa, kitobga boʻlgan mehrim tufayli men juda koʻp narsani oʻrgandim, – deydi Muhayyo. – Kitob – hayot ilmini oʻrgatadi, kitob – insonni hayotga joʻshqin nazar bilan qarashga undaydi. Kitob – mudroq koʻngillarni uygʻotib, hayotini yashnatib yuboradi. Men tengdoshlarimga nimaiki oʻrganishni istasangiz – albatta kitobni seving, kitob bilan doʻstlashing, hayotda insonga kitobdan yaqinroq doʻst yoʻq, – degim keladi.

Muhayyoning orzulari bir olam. U kollejni tugatib, oliy maʼlumotli boʻlish istagida. Biz Muhayyo Yoʻldoshevaga oʻqishda va hayotda yangidan-yangi yutuqlar tilaymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026