02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 03:41
Jamiyat 👁 3,707

BUYuKLAR XOTIRASI MANGUDIR

BUYuKLAR XOTIRASI MANGUDIR

Shu yil 26-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Men qaror matni bilan tanisharkanman, elu-yurti uchun fidoyilik qilib yashagan insonlarning xotirasi nafaqat yaqinlari, balki butun xalqi, ona Vatani uchun ham naqadar aziz ekanligini yurak-yuragimdan  his etdim.

Shunday insonlar bor: oʻz ezgu aʼmollari bilan tarix sahifalarini nurafshon aylab, mangulik sari yuz tutadilar.

Yurtboshimiz – Islom Abdugʻaniyevich Karimov ana shunday sohirtabiat buyuk inson edilar. Besh oydirki, biz ana shu buyuk insonning buyuk xotiralarini eslab, Oʻzbekiston deb atalmish qudratli davlat qurgan xalq otasi boshlab bergan ulugʻvor ishlar silsilasida yashab, mehnat qilmoqdamiz.

Yuragimda chuqur ehtirom bilan mamlakatimizda yuz berayotgan buyuk oʻzgarishlarni kuzatarkanman, Yurtboshimizning mustaqillikning birinchi yillaridayoq Oliy Kengash minbaridan turib aytgan soʻzlari yodimga tushadi.

- "... afsuski, dengizimiz yoʻq. Dengizimiz boʻlganida, dunyoga chiqishimiz tez va oson boʻlardi...”

Ha, azizlar, Oʻzbekistonni dunyo okeanlari orqali dunyo bilan bogʻlovchi ochiq dengizimiz yoʻq. Buni jugʻrofiy jihatdan izohlab oʻtirishning ham aslo hojati yoʻq. Lekin men bir haqiqat qarshisida doimo bosh egaman va baralla aytgim keladi:

– Oʻzbekiston mamlakati uchun ochiq dengiz aslo shart boʻlmadi. Mustaqil Oʻzbekiston uchun Islom Karimovning oʻzi Dengiz boʻldi, azizlar!

U bir zilol irmoq edi, daryoga aylandi. Erk va Ozodlik uchun kurash maydoniga jasorat bilan, shiddat bilan oqdi. Toʻlqinlarga koʻksini qalqon qilib, Istiqlol atalgan yoʻlga chiqdi. Aziz xalqini oʻzidan aziz tutib, bu ulugʻ yoʻl zahmatlariga matonat bilan bardosh bergan sarbonga - xalq ozodligini, hurligini himoya qilmoqqa qodir qudratli kuchga aylandi. Toshqin yurakli ana shu buyuk insonning oʻzi Oʻzbekiston bilan    dunyoni bogʻlab turguvchi shovullagan Dengiz boʻldi!

Mustaqillikning birinchi yillari esingizdami, azizlar? Agar esingizda boʻlsa, Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti oʻrtaga tashlagan ilk shiorni bir yodga oling-a! "Oʻzbekiston – kelajagi buyuk davlat!” degan shior edi bu! Sobiq shoʻro davlatining buyruqlarini bajarishga oʻrganib qolgan, hamon boshini egib, mutelikni oʻz taqdiri deb bilguvchi fikri, bilimi sayoz ayrim kimsalar bu shiorga eʼtiborsizlik bilan qarab, qoʻl siltab qoʻyganlari-chi? Iqtisodiy tizim izdan chiqib, nochor kun kechirayotgan xalqimizni chalgʻitish uchun ayrim nokas kimsalar tomonidan turli nayranglar oʻylab topilmadimi, oʻsha kezlarda? Shulardan faqat Toshkent  viloyatining Boʻka tumanida yuz bergan millatlararo mojaroni,  1991 yildagi Namangan voqealarini eslang. Prezident Islom Karimov yakka oʻzi goʻyo "iqtisodiy nochorlikdan aziyat chekayotgan” olomon orasiga dadil kirib bordi. Har bir fuqaro bilan  yuragi toʻlib gaplashdi. Johillik botqogʻi tomon qadam qoʻyayotgan olomonni tinchitdi. Oʻshanda, butun Markaziy Osiyo xalqlarini oʻz domiga  tortib ketishi rejalashtirilgan birodarkushlikning dahshatli olovini oʻchirdi u! Ana shunday birodarkushlik urushi olovini toʻxtatish uchun insonda nafaqat kuch-qudrat, balki oʻtkir fikr, aql-zakovat, metin iroda, jasorat, xalqparvarlik tuygʻusi kerak edi. Prezident Islom Karimovda bu sifatlarning barchasi bor edi va oʻsha daqiqalardayoq ana shu sifatlari bilan aziz xalqi uchun chinakam Dengiz, Oʻzbekiston mamlakati oldida qudratli qoyaga aylana oldi.

Ulugʻ inson – Birinchi Prezidentimizning daʼvatkor, yoqimli ovozlari bugun ona Vatan kengliklari boʻylab jaranglaydi:

– Avlodlarimizga ozod va obod Vatan qoldiraylik!

Har bir ishi, har bitta soʻzi bilan  oʻz xalqiga ibrat koʻrsatib yashagan Islom Karimov oʻzi hayotligida ilgari surgan ulugʻvor gʻoyalariga, shiorlariga sodiq yashadilar.  Atrofga bir boqing, azizlar! Xalqimizning aziz va fidoyi rahnamosi Islom Abdugʻaniyevich Karimovdan oʻzi yaxshi koʻradigan Oʻzbekiston farzandlariga, nabiralariga ozod va obod Vatan qoldi! Yangi-yangi qishloqlar, ravnaq topayotgan shaharlar, bir-birlariga jondosh  va qon-qardosh, qarindosh xalq qoldi!

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning bu qarori Birinchi Prezidentimizning xotirasiga xalqimizning cheksiz hurmat va ehtiromi ifodasidir.

Yillar oʻtadi, asrlar aylanadi, necha-necha baxtiyor avlodlar keladi dunyoga. Lekin oʻzbek xalqining buyuk va jasoratli farzandi, mustaqil yurt tuzgan fidoyi, barchamiz uchun otamizday mehribon va aziz inson – Islom Karimovning nomi millat, Vatan nomi bilan birga yashayveradi.

Robiya YOʻLDOShEVA, jurnalist.

(Foto - http://uz24.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026