Vatandek muqaddas, bahordek goʻzal
Bilsangizlar asli sizlar,
Bu hayot mazmunisiz.
Shu sababdan umr oʻtguncha,
Biz Sizning maftuningiz.
Boshlangandan beri yorugʻ
Bu ochunda ibtido.
Tayyordir ne-ne yigitlar,
Qilmoqqa jonin fido.
Ayon narsa uchun qachon,
Qay sodda ochibdi fol? –
Sizlar haqda subh-u shomda,
Nechalar surgay xayol.
Tinch roʻzgʻor-u rivoj ishi,
Bor qancha allomalar.
Yurtni mashhur qildi yozib,
Risola, solnomalar.
Neki tadbir boʻlsa hamma,
Muntazir yoʻl qarashib.
Chunki barcha tantanaga,
Sizlarsiz eng yarashiq.
Kim soʻrasa jannatmakon,
Shinam goʻsha qaydadir? –
Jumla jahonga baxt berib,
Siz yashagan joydadir.
Shu sababdan maqsad boʻlsa,
Koʻrmoq oʻzni baxtiyor.
Qilmogʻimiz kerak sizga,
Alohida eʼtibor.
Bor ekanki koʻzlarda nur,
Yuraklarda harorat.
Hayotimiz boʻlsin sizga,
Sadoqatdan iborat.
Toki sizlar sira tashvish,
Chekmangiz hatto bir zum.
Doim dilda quvonch boʻlsin,
Yuzingizda tabassum!
Ahmad NAFASOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶