SAVOL BORMI? JAVOB BERAMIZ!
– Men yaqinda Sud qarori bilan nikohdan ajrashdim. Ajrim guvohnomasi qanday tartibda beriladi?
– Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 47-moddasiga binoan nikoh FHDYo organida nikohdan ajratish qayd etilgan kundan boshlab tugatiladi. Respublika sudlarining 1998-yil 1-sentyabrgacha qonuniy kuchga kirgan qarorlari boʻyicha nikohdan ajratishni qayd etish, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi qarorni chiqargan sud joylashgan hududdagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi. Agar nikohdan ajratish FHDYo organida tomonlardan birining arizasiga koʻra qayd etilgan boʻlsa, u holda dalolatnoma yozuvi ikkinchi tomon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻldiriladi va nikohdan ajratganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
– Men Rossiya davlatiga ishga ketganligim sababli vaqtida nikohimizni qayd qildira olmagandim. Yaqinda tugʻilgan farzandimizga bunday holatda qanday qilib tugʻilganlik haqidagi guvohnomani olsak boʻladi?
– Nikohda boʻlmagan ota-onadan tugʻilgan bolaga otalikni belgilash ota va onasi tomonidan birgalikda berilgan arizasi yoki sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida FHDYo organida amalga oshiriladi. Otalikni belgilashda ota-onalardan biri ishtirok etmagan taqdirda uning imzosi qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Savollarga tuman FHDYo boʻlimi inspektori Umida Ashirboyeva javob berdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶