02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 01:52
Jamiyat 👁 236

2021-yil sarhisobi: Qurilish va muhandislik-kommunikatsiyalari

2021-yil sarhisobi: Qurilish va muhandislik-kommunikatsiyalari

Amudaryo tumani hududida 2021-yilda barcha manbalar hisobidan 112 ta obʼektda loyiha qiymati 87 mlrd. 576,5 mln. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan boʻlib, investitsiya dasturi doirasida 35-sonli maktab binosini hamda 21-sonli MTT binosini rekonstruktsiya qilish ishlari pudratchi tashkilotlar tomonidan yuz foiz bajarildi.

NRS-35 suv inshootini hamda 7,9 km. uzunlikdagi ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish boʻyicha loyiha qiymati 3 mlrd. 556 mln.  soʻm boʻlgan qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilib, 7,9 km. ichimlik suvi tarmogʻi tortildi.

Aholini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha Gulzor mahallasi hududida qiymati 27 mlrd. 415 mln.  soʻmlik jami 5 ta 5 qavatli, har biri 30 xonadonli, 150 ta xonadonga moʻljallangan uy-joylar qurish rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda qurilish ishlari davom etmoqda.

Mahallalardagi jami 6 ta ijtimoiy soha obʼektlarida 10 458,4 mln. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan, 43-sonli maktab binosini, 72-sonli maktab filiali binosini, 85-sonli maktab binosini kapital taʼmirlash hamda 45-sonli MTT binosini mukammal taʼmirlash ishlari pudratchi tashkilotlar tomonidan toʻliq bajarildi, 63-sonli maktab binosini rekonstruktsiya qilish boʻyicha 3 mlrd. 203,6 mln. soʻmlik ishlar bajarildi va 2-sonli maktab binosida 3 mlrd. 438,7 mln. soʻmlik rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, Gulzor mahallasi hududida loyiha qiymati 4 mlrd. 502,6 mln. soʻmlik ATB Mikrokreditbank tuman filiali maʼmuriy binosi qurilishi pudratchi tashkilot tomonidan yuz foiz bajarildi.

 “Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan loyiha qiymati 428,1 mln. soʻmlik Gulzor mahallasi, N.Rahimov nomli koʻchadagi 1-, 2-uylar, Yangiobod mahallasi, Navbahor koʻchasi 1-uylarning tom qismi mukammal taʼmirlandi.

Amir Temur nomli ovuli hududida qiymati 5 mlrd. 311,3 mln. soʻmlik 14,5 km. uzunlikdagi suv tarmoqlari hamda 1 ta suv tozalash inshooti  va Yuqori qishloq mahallasi hududida loyiha qiymati 413,1 mln. soʻmlik 1 ta suv tozalash inshooti qurilishi pudratchi tashkilot “Mangʻit servis” MChJ tomonidan nihoyasiga yetkazilmoqda.

Beruniy nomli, Olmazor va Gulzor mahallalari hududlarida 9 km. uzunlikdagi, Barkamol avlod va Humoyun nomli koʻchalarni obodonlashtirish, tungi yoritish chiroqlarini oʻrnatish, piyodalar va velosiped yoʻlaklarini qurish boʻyicha loyiha qiymati 7 mlrd. 111,3 mln. soʻmlik qurilish ishlari rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda pudratchi tashkilot tomonidan qurilish-taʼmirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Joriy 2021-yilda 35 dona transformator  punktlari, 129 km. uzunlikdagi havo tarmoqlari taʼmirlandi, 11 ta transformator punktlari yangidan oʻrnatildi va 23 km. uzunlikdagi havo tarmoqlari yangidan tortildi.

Tuman Gaz taʼminoti filiali tomonidan gaz xoʻjaligini 2021-2022-yil kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida 230 dona gaz taqsimlash qurilmalari taftish qilindi. 1 dona gaz taqsimlash qurilmasi mukammal taʼmirlandi. 35 km. uzunlikdagi gaz quvurlarida bosim ostida zichlikka sinash ishlari olib borilib, 15,8 km. uzunlikdagi yer osti gaz quvurlarining holati pribor usuli bilan tekshiruvdan oʻtkazildi va 5,2 km. uzunlikdagi gaz quvurlarini boʻyoqlash ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, 3538 ta xonadonga yangi elektron gaz hisoblagich oʻrnatildi.

2021-yil 9-dekabr holatiga 3674,68 tonna suyultirilgan gaz olib kelinib, aholiga tarqatildi.

Joriy yilning shu kunigacha 894 dona gaz ballonlar koʻrikdan oʻtkazilib, tuman aholisiga yetkazib berildi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026