01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 23:12
Sport 👁 286

UMIDLI SPORTChILAR

UMIDLI SPORTChILAR

Yurtimizda  keyingi  yillarda  yoshlarning maʼnan yetuk, jismonan baquvvat boʻlib kamol topishi uchun koʻplab imkoniyatlar yaratildi. Bunga misol qilib, sportning ommaviyligini taʼminlash borasida olib borilayotgan saʼy-harakatlarni ham aytishimiz mumkin. 

Buni tumanimizdagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi  toʻgaraklarida shugʻullanayotgan yosh sport-chilar yutuqlarida ham koʻrishimiz mumkin. Shu maktab tarbiyalanuvchisi    Fazliddin  Tojiniyozov  sportning karate  turi boʻyicha  koʻpgina  musobaqalar  gʻolibi. U  oʻzining iqtidori va qobiliyati bilan  tengdoshlaridan ajralib turadi.  Sakkiz yoshida   tuman  Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining karate guruhiga qatnay boshladi.  Ustozi, karate sporti boʻyicha Qora belbogʻ sohibi Adham Ibragimov Fazliddinda sportning bu turiga boʻlgan  qiziqish juda kuchli ekanligini sezgach, unga jiddiy  eʼtibor beradigan, u bilan alohida shugʻullanadigan boʻldi. Murabbiyidan olgan saboqlari samarasi hademay Fazliddinning yutuqlarida aks eta boshladi.

Bugungi kunda tumanimizdagi 64-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 7-sinfida taʼlim olayotgan  Fazliddin  25 ta diplom, 9 ta oltin, 4 ta kumush, 6 ta bronza medallar sohibi. U  oʻtgan yilning 16-19-sentyabr kunlarida Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi kubogi uchun oʻsmirlar, bolalar va kattalar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada birinchi oʻrinni egallab, oltin medal, 24-sentyabrda Toshkent shahri karate akademiyasi kubogi  uchun oʻtkazilgan musobaqada ham birinchi oʻrinni egallab, oltin medal bilan taqdirlandi.

Fazliddin kabi A.Ibragimovdan  karate sirlarini oʻrganib, nufuzli musobaqalarda gʻolib boʻlayotgan yosh sportchilar    talaygina.  Shulardan Qunduzoy Qoʻshnazarova 3 karra Qoraqalpogʻiston chempionati va kubogi  gʻolibasi.  U 2019-yil Bolalar-oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston kubogi va xalqaro  turnirlar sovrindori. 2021-yil sentyabrda qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston kubogi musobaqasida   faxrli 2-oʻrinni egalladi. Ulugʻbek Otajonov ham 4 karra Qoraqalpogʻiston chempioni.

Davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib kelayotgan yosh sportchilardan biri Zilola  Salayevadir. U yosh boʻlishiga qaramay, Yoshlar agentligi tuman boʻlimi qoshida tashkil etilgan gimnastika toʻgaragida tajribali murabbiy  Mohira Berdiboyeva  rahbarligida  shugʻullanib kelayapti.

Zilola Mangʻit shahridagi 7-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi.  Bir qaraganda qizaloq tengdoshlaridan farq qilmaydigandek. U ham boshqa bolalar kabi quvnoq.  Bogʻchadagi  sport toʻgaraklardagi  mashqlar uning jon-u dili.

U joriy yilda Nukus shahar 1-sonli Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi  ochiq birinchiligida faxrli 3-oʻrinni,  Samarqand shahrida “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida oʻtkazilgan musobaqada faxrli 2-oʻrinni egalladi va diplom,  sovgʻalar bilan taqdirlandi, Beruniy tumanida oʻtkazilgan “Gimnastika malikalari” deb nomlangan musobaqada esa faxrli 1-oʻrinni egallab, “Gimnastika malikasi” degan nomga sazovor boʻldi.

Mitti qizaloqning orzulari esa yanada yuksak.

Biz istiqbolga dadil intilayotgan umidli yosh sportchilarga kelgusida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

 

Sevara  ISMOILOVA, QDU talabasi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026