16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 00:14
Jamiyat 👁 333

SANʼATGA OShUFTA SEVINChOY

SANʼATGA OShUFTA SEVINChOY

Yoshlik – inson hayotining joʻshqin orzular fasli. Shu bois, inson umrining ana shu faslida biri-biridan goʻzal orzular ogʻushida yashaydi, oʻzining  hayot yoʻlini ham qalbini junbushga keltirgan betakror orzu-umidlari roʻyobi uchun intilishlar, izlanishlar aro bogʻlaydi. Bu yoʻlda sabr-matonat, bilim va salohiyat sohiblari chinakam muvaffaqiyatga erishadilar.

69-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Sevinchoy Bektursunova, agar taʼbir joiz boʻlsa, ana shunday kuchli bilim va salohiyatli, oʻz orzulari yoʻlida matonat bilan olgʻa intilishdan toʻxtamaydigan qiz. U maktabda umumtaʼlim fanlarini puxta oʻzlashtirish bilan  birga, bolaligidan sanʼatga qiziqishi tufayli anʼanaviy va estrada yoʻnalishlarida qoʻshiqlar kuylaydi. Nafis sanʼat turi – rang-tasvir yoʻnalishida suratlar chizadi, sport bilan muntazam shugʻullanadi.

U ilk marta maktab sahnasida ashula aytganida 10 yashar qizaloq edi. Yangi yil tadbirida jarangdor ovozi bilan bayram kechasiga fayz kiritgan Sevinchoyni  oʻshanda butun maktabdoshlari, ustozlari mehr bilan olqishlashgandi.

Shu kundan boshlab, u darsdan boʻsh vaqtlarida maktabda tashkil etilgan musiqa  va ashula toʻgaragining faol aʼzosiga aylandi.

Sevinchoy ulgʻaygan sari uning sanʼatga boʻlgan ishtiyoqi chinakam orzuga aylandi. U oʻzining shirali, jarangdor ovozi bilan 69-sonli maktab sahnasidan tuman va Respublika miqyosidagi sanʼat davralariga kirib borib, sanʼatsevar xalqimizni ona Vatan, tinchlik va doʻstlik mavzularidagi ashulalari bilan bahramand etdi. Turli xil koʻrik-tanlovlar gʻolibi, davlat tadbirlarining  faol ishtirokchisiga aylandi. Oʻzining tirishqoqligi va intiluvchanligi bilan umumtaʼlim maktabining 9-sinfini imtiyozli tugatdi. Qilichboy Madaniyat markazi huzuridagi “Jayhun” xor jamoasining yetakchi solisti sifatida tengdoshlariga hamisha ibrat. 2021-yilda mazkur xor jamoasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida oʻtkazilgan Madaniyat markazlari xor jamoalari oʻrtasidagi koʻrik-tanlovda faxrli 1-oʻrinni egalladi. Jamoaning bu yutugʻida yetakchi solist sifatida, albatta, Sevinchoy Bektursunovaning hissasi katta.

Serqirra iqtidor sohibasi S.Bektursunova estrada xonandaligi va anʼanaviy ijrochilik yoʻnalishi boʻyicha "5 ta muhim tashabbus" doirasida oʻtkazilgan “Yoshlar ovozi” Respublika koʻrik-tanlovining anʼanaviy ijrochilik yoʻnalishida mahalla va sektorlar boʻyicha bosqichlarida faxrli 1-oʻrinni, mazkur koʻrik-tanlovning tuman bosqichida esa 2-oʻrinni egalladi.

Sevinchoy kelajakda kim boʻlishidan qatʼiy nazar, bir umr sanʼatga oshno yashash, oʻz ashulalari, goʻzal raqslari bilan xalqimiz qalbiga quvonch va joʻshqin kayfiyat bagʻishlash orzusida. Orzu esa insonning abadiy hamrohi, uni ezguliklar sari ruhlantirib turuvchi kuch. Biz Sevinchoyga oʻz orzulariga erishish yoʻlida tolmas kuch, bilim va salohiyat tilaymiz.

 

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019