01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 11:23
Jamiyat 👁 318

YoRQIN ISTEʼDOD SOHIBASI

YoRQIN ISTEʼDOD SOHIBASI

Isteʼdod qachon uygʻonadi? Uni oʻzimiz anglagan kunimiz qalbimizda nelar kechadi? Atrofimizdagi insonlarchi, ular koʻz oldida kamol topayotgan isteʼdod gʻunchasini qanday qabul qiladi? Agar samimiyat ustun boʻlsa, isteʼdodning baxti! Aksincha boʻlsa, bu isteʼdod egasi oʻzingizmi, boshqami... yorugʻlik koʻrmay soʻnadi va qayta uygʻonmogʻi dargumon.

Ammo bizning mamlakatimizda har qanday isteʼdod egasi, ming shukurki, samimiyat va mehr ardogʻiga musharraf.

Tumandagi 35-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Barno Samandarova tahririyatga ilk ijod namunalarini olib kelganida 5-sinf oʻquvchisi  edi. Oʻz ustida ishlashdan, oʻqib-oʻrganishdan aslo charchamaydigan Barnoxon allaqachon oʻz tengqurlari orasida iqtidorli ijodkor, jamoatchi va tashkilotchi, islohotchi va bilimdon oʻquvchi, bir necha kitoblarning muallifi – oʻz uslubiga ega shoira sifatida tanildi. B.Samandarovaning “Ilk parvozim”, “Mehr”, “Faxrimsan, Amudaryom”, "Qalb soʻzi"  kitoblari chop etilib, muxlislari kitob javonlaridan munosib joy olgan.

B.Samandarova – maktabda aʼlochi, jamoatchi oʻquvchi, qolaversa, Xalqaro YuNISEF tashkilotining U-Report loyihasi volontyori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Qizlar ovozi” madaniyat va sanʼat klubi koordinatori, “Jayxun ilhomlari” NNT bilan hamkorlikdagi “Qalb tugʻyonlari” loyihasi tashkilotchisi sifatida hamisha faol harakatda.

Bugungi kunda bu yosh ijodkor qizning joʻshqin ovozi, nafis sheʼriyati Amudaryo tumani, Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston sarhadlaridan ham oʻtib, baralla yangramoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi homiyligida chop etilgan Oʻzbekiston ijodkor yoshlarining  “Hilol” toʻplamining 2-soni uchta, 113-116-sahifalari Barno Samandarovaning ijodiga bagʻishlangan. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida, 2022-yilda Xalqaro antalogiya (“Mejdunarodnaya antalogiya”) seriyasida chop etilgan “XXI vek: Molodyoj novogo Oʻzbekistana” kitobidan ham Barno Samandarovaning ijodi uchun maxsus sahifalar ajratilib, uning sheʼrlari rus tilida chop qilingan.

Yosh va iqtidorli ijodkor uchun 2022-yil yana bir quvonchli voqeani hadya etdi. Joriy yilning avgust oyida “Best Publication” Xalqaro ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan MDH davlatlari miqyosida oʻtkazilgan “Tashabbuskor islohotchi” tanlovida qatnashib, gʻolib boʻldi va tanlov tashkilotchilari tomonidan “Tashabbuskor islohotchi” koʻkrak nishoni va "Renessans davri: ilmiy tadqiqotlar yetakchisi" xalqaro ilmiy-amaliy tanlovi va Xalqaro konferentsiyada faol ishtiroki uchun mazkur tanlovning ham koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Tinib-tinchimas ijodkor qizning har bir kuni bir ezgu orzu yoʻlidagi intilish, yorugʻ niyatlar sari dadil qadamlar bilan boshlanadi. Ijod, oʻqib-oʻrganish sari intilaveradi. Ana shu intilishlarda vatanparvarlik, xalqparvarlik gʻoyalari va Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlidagi goʻzal orzulari haqida shijoat bilan soʻzlayveradi. Oʻz sheʼrlari, joʻshqin tuygʻulari bilan adabiyot davralariga tobora yaqin boʻlib borayotgan Barnoxonning isteʼdodi shakllanishi esa uning ana shu ezgu xislatlari, mehnatkashligi va samimiyligi, oldinga dadil intilishdan toʻxtamasligidan. Zero, isteʼdod ham, yorqin orzular ham ezgulik yoʻlidagi dadil intilish va sabr-matonatga yoʻgʻrilgan mehnat mahsulidir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026